AQSh O‘zbekiston uchun oltita samolyotni 64 mln dollarga tiklab beradi
Amerikaning Sierra Nevada Co. xususiy kompaniyasi O‘zbekiston uchun oltita Pilatus PC-12 samolyotini tiklash bo‘yicha shartnomaga ega bo‘ldi, deya xabar beradi AQSh Mudofaa vazirligining sayti.
Shartnoma qiymati 64 236 592 dollarni tashkil etadi, kompaniya PC -12 samolyotlarini restavratsiya qilish, joylarda qo‘llab-quvvatlash va logistika yordamini ko‘rsatadi.
Ish O‘zbekiston hududida amalga oshiriladi. Ularni 2027-yil 7-avgustgacha yakunlash rejalashtirilgan.
Xorijiy harbiy savdolar dasturi fondidan (The Foreign Military Sales Trust Fund) 26 012 048 dollar miqdorida mablag‘ ajratildi.
Ulashish:
Sharhlar