AQSh: Rossiya sun’iy yo‘ldoshi orbitada qismlarga sochilib ketdi
Rossiyaning “Resurs P1” sun’iy yo‘ldoshi past Yer orbitasida 100 ta bo‘lakka bo‘linib ketdi, deya xabar beradi NASA. Hodisa Xalqaro kosmik stansiya yaqinida sodir bo‘lib, bortdagi astronavtlarni taxminan bir soat xavfsiz boshpanaga ko‘chishga majbur qilgan. Biroq, uzoq muddatda vayronalar xavf tug‘dirmaydi, deya qo‘shimcha qildi NASA.
TASS agentligining xabar berishicha, “Resurs P” sun’iy yo‘ldoshlari noharbiy maqsadlarda “Yer yuzasini o‘ta batafsil, keng maydon va giperspektral optik-elektron kuzatish” uchun mo‘ljallangan.
Bunday sun’iy yo‘ldoshning orbitada faol ishlash muddati besh yil. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sun’iy yo‘ldosh ikki yil oldin o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Ulashish:
Sharhlar