AQSH va Angliyaga ishga yuborishmoqchi bo’lgan firibgarlar qo’lga tushdi

Foto: departament

Bosh prokuraturaning xabar qilishicha, Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.N. va D.I. fuqaro A.J.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSH dollarini olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.

Qo‘shrabot tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro F.U. fuqarolar Q.H. va S.K.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 2 500 AQSH dollari va 2,5 mln so‘m pulini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.