AQSh va О‘zbekiston Afg‘onistondan olib kelingan Amerika aviatexnikasining taqdiri haqida kelishib olishdi
О‘zbekiston va AQSh rasmiylari 2021-yil avgust oyida Afg‘onistondan О‘zbekiston hududiga olib kelingan harbiy samolyotlar va vertolyotlar taqdiri bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchisi Jonatan Xenik Kun.uz nashriga ma’lum qildi.
Aviatexnika О‘zbekistonga o‘tadimi, degan savolga javob berar ekan, diplomat shunday dedi: “Ha, О‘zbekistonga o‘tadi. Ha, bu allaqachon rasman hal qilingan”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar allaqachon “qo‘shma dasturni amalga oshirishmoqda”.
Elchining eslatishicha, “bu texnika hech qachon Afg‘onistonniki bo‘lmagan, u Amerikaniki edi”. “Ular (Afg‘oniston armiyasi – tahr.) undan foydalangan, lekin biz har doim egasi bo‘lganmiz”, – dedi diplomat.
Avvalroq AQSh О‘zbekistonga oldin Afg‘onistonda xizmat qilgan samolyotlarni bergani haqida yozgan edik.
AQShning О‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik Tolibon hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng afg‘on harbiylari olib uchgan aviatsiya texnikalari taqdiri haqida gapirdi.
Sharhlar