Xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo’lga tushdi

Foto: departament

Navoiy shahrida fuqaro A.E. fuqaro L.Q.ning ishonchiga kirib, uni 17 500 AQSH dollari evaziga Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, oldindan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.A. fuqaro Z.L.ni tanishlari orqali Germaniya davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 5 100 AQSH dollarini olgan paytida ashyoviy dalillar bilan qo’lga tushgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.