Arava ichki qismiga xufiyona yashirilgan sifati kafolatlanmagan dori vositalari topildi
O’zbekistonga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari ortilgan temir arava bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, mazkur arava ichki qismiga xufiyona yashirilgan, dastlabki qiymati 20 mln so‘mlik dori vositalari borligi aniqlandi.
Fuqaro og‘zaki so‘rovda bu haqida ma’lum qilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Ulashish:
Sharhlar