Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ham debyut jangini muvaffaqiyatli oʻtkazdi

Фото: НОК

Boks boʻyicha jahon chempioni Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ham Olimpiya oʻyinlaridagi debyut jangini muvaffaqiyatli oʻtkazdi.

Misrlik Omar Elavadiga qarshi ringga koʻtarilgan sportchi oʻzining kuchli va aniq zarbalari qarshisida raqibini ojiz qoldirdi. Endi u 3-avgust kuni Makan Traore (Fransiya) va Nikolai Terteryan (Norvegiya) juftligi gʻolibi bilan yarim final yoʻllanmasi uchun jang qiladi.

Shuningdek, Sport vaziri Adham Ikramov Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayevni muvaffaqiyatli debyut bilan qutladi.

Avvalroq, bayroqdor Abdumalik Xalokov Olimpiya oʻyinlarini muvaffaqiyatli boshlagani haqida xabar bergan edik.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.