Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga yetib keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi.
Davlatimiz rahbarini aeroportda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Tangriguli Ataxalliyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Asosiy tadbirlar 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston yetakchisi turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan ” Zamon va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi – tinchlik va taraqqiyot asosi” xalqaro forumining yalpi majlisida nutq so‘zlaydi.
Davlatimiz rahbari tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
Ulashish:
Sharhlar