Asila Mirzayorova nogironlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil bo‘ldi
22-oktabr kuni Paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova nogironlar huquqlarini himoya qilish milliy ijtimoiy himoya agentligining maxsus vakili lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.
Agentlik direktori o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva yangi tayinlovni olqishlab, Asila jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarning huquq va imkoniyatlarini yaxshilash yo‘lida faol harakat qiladigan kuchli va zukko sportchi ekanligini ta’kidladi.
Mirzayorova ko’rsatilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirib, ushbu tayinlanishni barcha uchun teng huquq va inklyuziv muhit yaratishga ko’maklashish uchun muhim imkoniyat deb bilishini ta’kidladi.
Ulashish:
Sharhlar