Asila Mirzayorova Paralimpiya o’yinlari rekordini o’rnatdi
Para yengil atletika bo’yicha ayollar o’rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Asila Mirzayorova dastlabki urinishidayoq 5,22 metr narija qayd etib, ushbu yo’nalishda Paralimpiya o’yinlari rekordini o’rnatdi. Bu haqida O’zbekiston Milliy paralimpiya qo’mitasi xabar bermoqda.
Avvalroq, Muslima Odilova joriy Paralimiya o‘yinlarida mamlakatga ilk medalni taqdim qilganligi haqida xabar bergan edik.
Ulashish:
Sharhlar