Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Ta’kidlash joiz, stavka so‘nggi marta 2023-yil martida o‘zgargan, o‘shanda Markaziy bank uni 15 foizdan 14 foizgacha pasaytirgan edi.
Ulashish:
Sharhlar