Atmosferani ifloslantirgan 117 nafar mansabdor shaxsga chora ko‘rildi
Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tomonidan atmosfera havosini muhofaza qilish talablarining buzilishiga qarshi nazorat reyd tadbirlari o’tkazildi.
Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlar jami 332 million so’m miqdorida jarimaga tortildi.
Ma’lumot uchun, atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzishga qarshi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda. Bu kabi huquqbuzarliklar qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ulashish:
Sharhlar