Toshkentda suvdan erkak kishining jasadi topildi

фото: kun.uz

20-noyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 4-GESdan uncha uzoq boʻlmagan joyda erkak kishining jasadi topildi, deb xabar berdi Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

“2024-yil 12-noyabr kuni fuqaro S.Hasanov 102 raqamiga xabar berib, Toshkent shahar Chilonzor tumani Beshag‘och ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Anhor kanaliga rus millatiga mansub erkak cho‘kib ketganligi haqida xabar bergan”, — deyiladi xabarda.

Tezkor-tergov guruhi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari voqea joyiga borib, jasadni qidirishga kirishgan. Tergovgacha bo‘lgan hujjatlar to‘plangan.

Ertasi kuni, 13-noyabr kuni bedarak yo‘qolgan shaxsning onasi 2024-yil 11-noyabr kuni soat taxminan 15:30 larda uyidan chiqib, qaytib kelmagan 2000-yil 6-iyun kuni tug‘ilgan o‘g‘li Azamat Azatovning bedarak yo‘qolganligi haqida ariza berdi. .

Hozirda materiallar Uchtepa prokuraturasiga topshirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.