Toshkentning Mirobod tumanidagi ko‘chalardan biri 10 kunga qisman yopildi
Toshkentning Mirobod tumanida joylashgan Avliyo ota ko‘chasining bir qismi yopildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.
Ta’kidlanishicha, Mirobod tumani iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, “Yuksak” va “Qo‘qon” podstansiyasi oralig‘idagi 110 kVli kabel tarmog‘ini yangilash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasi hamda ushbu ko‘chaning Nukus va KHAY ko‘chalari bilan kesishmalari 22-apreldan boshlab 10 kun muddatga yopiladi.
Hokimlik haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qiladi.
Ulashish:
Sharhlar