Avstraliyada 16 yoshga to‘lmaganlar uchun ijtimoiy tarmqolar taqiqlanadi
Avstraliya hukumati kelasi yil oxirigacha 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlovchi qonunni joriy qilishi mumkin.
Singapurning 8world.com nashri xabariga ko‘ra, Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanese yaqinda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ijtimoiy tarmoqlardan ko‘p foydalanish yoshlarning jismoniy va ruhiy salomatligiga ta’sir qilishini ta’kidlagan.
Shu sababli Avstraliya hukumati hozirda bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun juda qattiq choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda.
Tegishli chora-tadbirlar yosh chegaralarini belgilashni o‘z ichiga oladi.
Facebook, Instagram, TikTok, X va YouTube kabi yirik ijtimoiy media platformalari Avstraliya hukumati tomonidan cheklanishi mumkin.
Sharhlar