Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi avtobusdan o‘lik holda topildi

Foto: tayga.info

Rossiyaning Leningrad viloyati Kingisepp tumanida yo‘lovchi avtobusida sodir bo‘lgan pichoqbozlikdan so‘ng 32 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘lik holda topildi, deb xabar bermoqda 78.ru.

Hodisa Pulkovo qishlog‘i yaqinida yuz bergan. Erkaklar o‘rtasida avtobusda mushtlashuv sodir bo‘lgan. Ulardan biri ikkinchisining yuragiga pichoq sanchgan, u olgan jarohatlaridan vafot etgan.

19-iyul kuni ertalab voqeadan politsiya xodimlari xabar topgan, bir necha soatdan keyin jinoyatni sodir etgan shaxs ushlangan. U Peterburgga yanvar oyida kelib, migratsiya hisobiga kirgani va ishlamoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

“Qotillik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, qo‘lga olingan shaxs vaqtinchalik izolyatorga yuborilgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.