Toshkentda 2-avgustdan avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha ba’zi o‘zgarishlar kiritilmoqda

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Toshkent shahar jamoat transporti faoliyatini maqbullashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida, 2024-yilning 2-avgust kunidan boshlab, avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha ba’zi o‘zgarishlar kiritilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan:

28-sonli “Yangiobod mavzesi — Tibbiyot akademiyasi” yo‘nalishda o‘ta katta sig‘imli “King Long” rusumli avtobuslar;
32-sonli “Sergeli 6a-mavzesi — Gulobod ko‘chasi” yo’nalishda “Yutong” rusumli elektrobuslar;
119-sonli “Qo‘yliq 1-mavzesi — Yunusobod dehqon bozori” yo’nalishda “Yutong” rusumli elektrobuslar;
121-sonli “Yunusobod mavzesi 9-daha — Chinni bozori” yo‘nalishda o‘ta katta sig‘imli “King long” rusumli avtobuslar;
156-sonli “Qipchoq metrosi — G‘alaba mahallasi” yo‘nalishda “MAN” rusumli avtobuslar;
174-sonli “Jumabozor qo‘rg‘oni — Aviasozlar ASHB” yo’nalishda “Yutong CNG” rusumli avtobuslar bilan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo’yiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.