Toshkentda “G‘alabaning 40 yilligi” bekati qulab tushdi

Foto: “Toshshahartransxizmat”

18-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanida joylashgan “G‘alabaning 40 yilligi” bekati qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, ushbu bekatdan “Toshshahartransxizmat” AJning 2- va 5-avtobus saroyi tasarrufida bo’lgan 11 ta avtobus yo‘nalishi harakatlanadi.

Hodisaga uning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan. Yuqoridagi holat oqibatida hech bir fuqaro va yo‘lovchiga zarar yetmagan bo‘lib, hozirda mas’ul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.