Avtobus eshiklari to’liq yopilmagan taqdirda harakatlanish cheklanadi

Xitoy Xalq Respublikasidan xarid qilingan “Yutong” va “King Long” rusumli avtobus va elektrobuslarning barchasida avtobus eshiklari to’liq yopilmagan taqdirda harakatlanishni cheklovchi maxsus tizim o‘rnatilgan va ushbu tizim yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida yaratilgan.

Ammo, so’nggi kunlarda ayrim haydovchilar avtobus bekatida ushbu tizimni qulflovchi tugmani bosayotganliklari sababli, avtobus eshiklari ochiq holatda qo’zg’almoqda va oqibatda yo’lovchilarning yiqilish holatlari uchramoqda.

“Hozirda avtobus va elektrobuslarning eshiklari yopilmasidan avval harakatlanish imkoniyatini beruvchi tugmachalarni, haydovchilar ruxsatsiz bosishlariga yo’l qo’ymaslik maqsadida muhrlash ishlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.