Toshkentda avtobus haydovchilari o‘rtasida chiqqan janjal yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Foto: “Uznewz.uz”

Toshkentda ikkita avtobus haydovchilari o‘zaro janjallashgan, ulardan biri yo‘lovchilar bo‘lishiga qaramasdan avtobus kalitini olib ketib qolgan. “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati voqea yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qildi.

2024-yil 12-aprel kuni soat 20:05 larda “5-avtobus saroyi” filiali tasarrufida bo‘lgan “MAN A22” rusumli davlat raqami 01|651 HKA, saroy raqami 131-bo‘lgan, 1-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadigan avtobus haydovchisi R.O’, 1-yo‘nalishda harakatlanuchi “MAN A22” rusumli, davlat raqam 01| 652 HKA, saroy raqami 128-bo‘lgan avtobus haydovchisi M.F belgilangan harakat jadvaliga rioya qilmasdan R.O’ boshqaruvidagi avtobusdan oldin “BIY” bekatidan “Yugnakiy mavzesi” bekati tomon harakatni oldin boshlab yuborgani sabali M.Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi “Sayohat” bekati qarshisida o‘zaro janjallashgan va haydovchi R.O’ haydovchi M.F boshqaruvida bo‘lgan “MAN A22” rusumli davlat raqami 01| 652 HKA belgili avtobusning kalitini olib ketib qolgan.

Mazkur holatdan xabar topgan “5-avtobus saroyi” mutasaddilari tezkorlik bilan yo‘nalishga chiqib avtobusning kalitini haydovchiga yetkazishgan hamda avtobus o‘z yo‘nalishida harakatlanib yo‘lovchilarni belgilangan manzilga olib borgan.

Shundan so‘ng ushbu ikki avtobus “5-avtobus saroyi” filiali hududiga olib kelingan va haydovchilar bilan bo‘lgan voqea yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, yo‘nalish davomida avtobusda yo‘lovchilar bo‘lishiga qaramasdan ushbu avtobusning kalitini olib ketib, yo‘lovchilarni kutib qolishlariga sabab bo‘lganligi va korxona ichki mehnat tartibini buzganligi uchun haydovchi R.O’ ga nisbatan qat’iy intizomiy chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.