Toshkentda 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
18-sentabrdan 5-oktabrgacha Toshkentdagi Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari orasidagi qismida 110 kV li yer osti elektr kabellarini o‘tkazish ishlari olib boriladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Shu sababli, 2, 11, 12, 40, 45, 47, 67, 77, 80, 94, 106, 140-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati suratda ko‘rsatilgan chizma asosida tashkil etiladi.
Ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslarning qatnov va oraliq vaqtlari belgilangan vaqtdan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin, deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar