Toshkentda bayram kunlaridagi avtobuslar harakati grafigi tasdiqlandi

автобус
Фото: Новости Узбекистана

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-213-son farmoniga binoan, “Navro‘z” bayramini nishonlash maqsadida 21—24-mart kunlari dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan, “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yoʻnalishlarining faoliyati qanday tartibda tashkil etilganligini ma’lum qildi.

  • 2024-yil 21-mart, payshanba — “Navroʻz” bayrami, dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 22-mart, juma — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 23-mart, shanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2024-yil 24-mart, yakshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.