Avtokredit evaziga xarid qilingan avtomashinani sotib yuborgan shaxslar aniqlandi
Mirobod tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.V. U.D. va A.I. o‘zaro til biriktirib tijorat banki filialidan A.I.ga avtotransport vositasini sotib olish uchun ajratilgan kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan “Lixiang L9 Max” rusumli avtotransport vositasini garovga taqdim etmasdan boshqa bir fuqaro A.Z.ga sotib yuborishib, bank manfaatlariga 587,4 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar