Аvtokredit evaziga xarid qilingan avtomashina sotib yuborilgan
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Аndijon shahar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro А.N. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga sotib olingan “Chevrolet Equinox” rusumli avtomashinani garovga qoʼymasdan fuqaro B.M.ga 39 000 АQSh dollariga sotib yuborib, bank manfaatlariga 378 mln soʼm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar