Avtokredit mablag’lari o’zlashtirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “L.N.” MCHJ mas’ul shaxslari “D.” MCHJdan “ISUZU” rusumli yuk mashinasini sotib olgandan keyin garovga qo‘yish sharti bilan hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘ining 595 mln so‘mini ushbu MCHJ orqali naqdlashtirib olib talon-taroj qilganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Qarshi shahrida fuqaro B.E. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan “Kia Karnival” rusumli avtomashinani sotib yuborib, bank manfaatlariga 354,9 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar