Avtomashina yutib olganligiga ishongan shaxs 3 mln.ga “kuydi”
Navoiy viloyatida yashovchi G.O. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 3.000 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi O.X. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, O.X. telegram messenjeri orqali jabrlanuvchi G.O.ga “Supershou”da g‘olibi ekanligi va “super yutuq” avtomashina yutib olganligini ma’lum qilib, notarius xizmati va boshqa xarajatlar uchun deb jami 3.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan K.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sharhlar