Avtomobil bozorida sotuvlar kamaydi
O‘zbekistonda 2024-yil oktabrida avtomobil bozorida sotuvlar yana pasaydi. Bu haqidagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida keltirilgan.
Qayd etilishicha, oktabr oyida avtotransport vositalarining savdosi 102,3 ming donani tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 7 foizga kam. Yillik ko‘rsatkichda esa pasayish — 44 foizdan ko‘proq.
Yengil avtomobillar segmenti o‘tgan oyga nisbatan 6 foiz kamaygan holda 95,4 ming dona sotilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar 43,3 foizga sezilarli pasayganini ko‘rsatmoqda.
Yengil avtomobillar birlamchi bozorida sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 15 foizga kamaydi, bu o‘tgan oyga nisbatan 6,2 mingta avtomobilga kam. Yillik faollik esa 21,8 foizga kamaydi.
Oy davomida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 20 foizga kamaydi va 30,2 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yillik ko‘rsatkichda 22 foiz pasayish kuzatildi.
Oktabr oyida xorijiy yengil avtomobillar bozorida sotuvlar ko‘paygan. Oy davomida ushbu segmentdagi faollik 35 foizga oshdi, atigi bir oy ichida 4,7 mingta xorijiy avtomobil sotildi. Biroq o‘tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan sotuvlar 20 foizga kamaygan.
Sharhlar