O‘zbekistonda “avtomobillar qabristoni” borligi haqidagi xabarlar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Onix va Tracker avtomobillari qabristoni” deb iddao qilingan videorolik tarqaldi. UzAuto Motors ushbu videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot e’lon qildi.
Kompaniya ma’lum qilishicha, mazkur video Andijon viloyatidagi dilerlik markazlaridan birining hududida avtomobillarni yuklash jarayonida haydovchi tomonidan suratga olingan.
UzAuto Motors OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligiga binoan ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilganligini eslatib o‘tdi.
Kompaniya faoliyati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ishonchli axborotlarni UzAuto Motors rasmiy kanallaridan olish tavsiya etildi.
Ulashish:
Sharhlar