Avtomobillarni yuvish shoxobchasi 286,3 mln soʼmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Аndijon shahar boʼlimi va “Oʼzenergoinspektsiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. “Z.h.” MChJga qarashli “Jumabozor” MFY hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʼiga tijorat maqsadida toʼgʼridan-toʼgʼri ulanganligi aniqlangan.
Natijada shoxobcha jami 286,3 mln soʼmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʼgʼrilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar