Avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyat yuritish uchun yaqin atrofda istiqomat qiladigan fuqarolar rozilik olishga majbur
Avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyatini tashkil etishda Davlat ekologik ekspertizasining xulosasini olish uchun buyurtmachilar tomonidan quyidagi ruxsat etuvchi hujjatlarni olishi shart bo‘ladi:
- hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (SEO va JSX) bo‘limlaridan sanitariya-me’yoriy hujjatlarida belgilangan tartiblarga binoan ruxsatnomalar olish;
- obyekt hududiga yaqin masofada istiqomat qiladigan fuqarolar ishtirokida jamoatchilik eshituvlari o‘tkazilishi va ularning roziligini olish;
- artezian qudug‘idan yoki texnik, irrigatsiya tizimlaridan avtomobillarni yuvish uchun sarflanadigan suv uchun qonunchilikda belgilangan tartibda suvdan maxsus foydalanish uchun olingan ruxsatnoma (RSV) olish.
Avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyatini tashkil etishda quyidagilar qat’iyan man etiladi:
- avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyati davomida ishlab chiqarish va texnik zaruriyatlar uchun ichimlik suv tarmog‘idan foydalanish;
- avtomobillarni yuvish jarayonidan hosil bo‘ladigan oqava suvlarni zarur me’yoriy talablar ko‘rsatkichlari darajasigacha tozalamasdan, zararsizlantirmasdan, kanalizatsiya tarmog‘iga tashlash;
- oqava suvlarni ochiq suv havzalari, irrigatsiya tarmoqlari va relefga tashlash;
- Vazirlar Mahkamasining “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 15.10.2021 yildagi 648-sonli Qarori 20-bandiga binoan ko‘p kvartirali uyning loyiha hujjatlarida ko‘zda tutilmagan hollarda yerto‘la qismida avtomobillarni yuvish shoxobchasi tashkil etish.
Ulashish:
Sharhlar