Avtomobilsiz kun – sof ekologiyaga bir qadam

Foto: Anhor.uz

Joriy yilning mart oyidan buyon o‘tkazilishi an’anaga aylangan “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga star berildi.

Prezidentning 21-fevraldagi 37-sonli Farmoniga muvofiq har oyning oxirgi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aksiya qariyb 4 oydan buyon tashkil etilib kelinmoqda. Unga poytaxt va hududlardagi barcha tashkilot va idoralar xodimlari shaxsiy avtomobillardan voz kechgan holda jamoat transportlari va boshqa atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transportlardan foydalanishni o‘zlari qo‘llagan holda tavsiya qilishyapti. Bunda davlat tashkilot va idora xodimlari, oddiy fuqarolar asosan velosiped, elektro skuterlar va piyoda yurish bilan qolganlarga namuna bo‘lishmoqda.

Aksiya dastlab mart oyining 29-sanasida yani juma kuni tashkillashtirilgan bo‘lsa-da, undan keyin har oyning oxirgi chorshanbasida o‘tkazilishi belgilangan. Aksiyaning bu yilgi mavsumi 24-iyun, 28-avgust, 25-sentabr, 23-oktabr, 27-noyabr va 25-dekabr sanalarida faqat chorshanba kuniga to‘gri keladi. Shuningdek, qarorda agar bu sanalar biror bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, bir kun kechiktirilishi ya’ni payshanba kuni o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘timiz, aksiya doirasida tez tibbiy yordam, o‘t o‘chirish xizmati kabi zarur soha vakillari o‘z faoliyatini doimgidek olib boradi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.