Toshkentda Cobalt yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib aylanib ketdi
16-sentabr kuni soat 08:00 larda, Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida, haydovchi 1991-yilda tug‘ilgan D.A. oq rang Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib aylanib ketdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB YHXB.
Oqibatda o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1997-yilda tug‘ilgan A.D. boshqaruvidagi kulrang Cobalt rusumli avtomashinaga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelgan.
Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasida oq rang Cobalt haydovchisi tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sharhlar