Ayollar koloniyasidagi 998 nafar mahkumaga tuzalish yo‘liga o‘tgan deya xulosa berildi
21-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkumalarning tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlash mezonlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi. Komissiya a’zolari tarkibida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili ham ishtirok etdi.
Jinoyat-ijroiya kodeksining 1021-moddasida Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan vakillari kirishi belgilangan.
Yig‘ilishda koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 1159 nafar mahkumalar komissiya a’zolari tomonidan o‘rganilib, 998 nafar mahkumalar tuzalish yo‘liga o‘tgan deb xulosa berildi.
Sharhlar