Ayovsiz kaltaklangan shifokorlar ishi bo‘yicha SSV tergov organi bilan ishlamoqda

Фото: ССВ

Toshkentdagi 1-son shahar klinik shifoxonasida ikki nafar tibbiyot xodimi bemor hamda uning o‘rtoqlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani, mazkur hodisa oqibatida jiddiy tan jarohati olgan shifokorlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida tegishli muolajalarni olayotgani haqida xabar bergan edik.

Tibbiyot xodimlariga jiddiy tan jarohati yetkazgan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida 3 nafar ayblanuvchi shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Bu borada Sog‘liqni saqlash vazirligi tergov organi bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.