Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi
Prezidentning tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-oktyabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha har oyning 25 sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika budjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:
Oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi:
- 60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – budjetga to‘langan QQSning 40 foizi;
- 60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – budjetga to‘langan QQSning 20 foizi;
- turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga – budjetga to‘langan QQSning 20 foizi.
2024-yil 1-noyabrdan barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri joriy qilinadi.
2025-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishga faqatgina Reyestrga kiritilgan omillar asosida yo‘l qo‘yiladi.
2025-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo‘yicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.
Sharhlar