“Ayritom”da qariyb 8 kilogramm giyohvand modda ushlab qolindi

Foto: uza.uz

Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi, DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari “Ayritom” chegara bojxona postining kirish avtopaviloniga kirib kelgan yuk avtotransport vositasini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazdi.

Ko‘zdan kechirish chog‘ida O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi avtotransport vositasi kabinasining yashirin joyida 7 o‘ramda sariq rangli skoch bilan o‘ralgan shubhali narsa borligi ma’lum bo‘ldi. Ular ochilib, maxsus elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganida 3 ta o‘ramda 3 kilogramm og‘irlikdagi “opiy” va 4 ta o‘ramda 4 kilogramm 950 gramm og‘irlikdagi “gashish”  giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.