Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) bedarak ketgan Isroil fuqarosi Zvi Kogan jasadi topildi, deb xabar berdi Isroil rasmiylari yakshanba kuni. Ular ushbu voqeani “antisemitik terror harakati” deb atashdi. Bu haqida CNN xabar bermoqda.
Zvi Kogan Isroil-Moldova fuqaroligiga ega bo‘lgan va dunyo bo‘ylab yahudiylar jamoalarini tashkil etuvchi Chabad harakatining vakili edi. U payshanba kuni bedarak yo‘qolgandi.
Yakshanba kuni Isroil Bosh vazirlik idorasi va Tashqi ishlar vazirligi BAA rasmiylari Kogan jasadini topganini tasdiqladi.
“Zvi Kogan, olijanob xotirasi hurmatga loyiq, qotilligi bu jirkanch antisemitik terror harakati hisoblanadi. Isroil davlati bu jinoyatni amalga oshirganlarni javobgarlikka tortish uchun barcha choralarni ko‘radi,” deyiladi Isroil bayonotda.
Isroil mudofaa vaziri Israel Katzning esa Katz ushbu qotillikni “qo‘rqoq va jirkanch antisemitik terror harakati” deb atadi.
BAA Ichki ishlar vazirligi esa bu masala bo’yicha shanba kuni Kogan oilasidan uning bedarak yo‘qolgani haqida xabar kelib tushgani va tergov olib borilayotganini ma’lum qildi.
Kogan BAAda yahudiylikni rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha Chabad vakillari bilan birga ishlagan. U mintaqadagi birinchi yahudiy ta’lim markazini asos solgan va kosher oziq-ovqatni keng ommalashtirishga yordam bergan.
Uning rafiqasi Rivky Kogan AQSh fuqarosi bo‘lib, uning amakisi Rabbi Gavriel Holtzberg 2008-yilda Mumbaydagi terror hujumlari chog‘ida halok bo‘lgan edi.
Sharhlar