Bahodir Jalolov final yoʻllanmasi uchun kurashadi
Boks boʻyicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Bahodir Jalolov Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchi chorak finalda avstraliyalik Teremoana Teremoanani kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi.
Endi u 7-avgust kuni germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi final yoʻllanmasi uchun jang qiladi.
“Bahodir Jalololov eng og’ir vazn toifasining yaqqol yetakchisi ekani, faqat va faqat oltin medal uchun Parijga kelganini yana bir bor ko’rsatdi”, – deyiladi xabarda.
Ulashish:
Sharhlar