Bahodir Jalolov mamlakatga 8-oltinni keltirdi va ikki karra Olimpiada chempioni bo‘ldi
Mahoratli bokschimiz Bahodir Jalolov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari doirasida bugungi final janglariga ajoyib nuqta qoʻydi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chempionlik jangida ispaniyalik Ayub Gʻadfani oʻzining kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi.
Ushbu olamshumul g’alabadan keyin O’zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadani 5 ta oltin medal bilan yakunlamoqda. Yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o’rinni qo’lga kiritib, o’zbek boksining qudratini yana bir karra butun dunyoga ko’rsatishdi.
Shuning bilan, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzaga yetmoqda. Barakalla, oʻzbegim Bahodiri!
Ulashish:
Sharhlar