Bahodir Jalolov Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari finalida

Boks bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida +92 kg vazn toifasida hamyurtimiz Bahodir Jalolov yarim finalni o‘z foydasiga hal qildi.

Boks boʻyicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Bahodir Jalolov ikkinchi bor Olimpiada finalchilari qatoridan joy olmoqda. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz hozirgina yakunlangan jangda germaniyalik Nelvi Tiafakni magʻlub etib, final yoʻllanmasiga sazovor boʻldi.

Endi hamyurtimiz ikki karra Olimpiada chempionligi uchun 10-avgust kuni Jamili-Dini Moindze (Fransiya) hamda Ayub Gʻadfa (Ispaniya) oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi ringga koʻtariladi. Olgʻa, Bahodir!

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.