Bahodir Jalolov WBC reytingida ko‘tarildi

Foto: Новости Узбекистана
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyul oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Ushbu reytingdan o’zbekistonlik 8 nafar bokschisi joy oldi.

Jadvalning birinchi yarim yengil vaznda (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev o‘tgan oy kabi to‘rtinchi, birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg) toifasida jang o‘tkazadigan Hasanboy Do‘smatov esa 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, super og‘ir vaznda Bahodir Jalolov esa 9-pog‘onaga ko‘tarildi.

Shuningdek, super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) Bektemir Meliqo‘ziyev 14, yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) Shahram G‘iyosov 8, Jahongir Rasulov 27, birinchi yarim yengil vaznda (55,3 kg) Mirazizbek Mirzaxalilov 28, yengil vaznda (50,82 kg) Olimjon Nazarov 34-pog‘onadan joy oldi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.