Kelgusi o’quv yilda bakalavr uchun olinadigan test sinovlari qaysi kitoblardan tuzilishi e’lon qilindi

Foto: Ta'lim xabarlari

2025–2026 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda tuziladigan test topshiriqlari qaysi o‘quv dasturlari orqali shakllantirilishi e’lon qilindi.

Xabarga ko’ra, test topshiriqlari Prezidentning “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga asosan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi.

Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan. Badiiy adabiyotlar va qonunchilik hujjatlari ro‘yxati o‘quv dasturlariga muvofiq shakllantirilgan.

Ro’yxatni Bilimni baholash agentligining rasmiy saytidan topishingiz mumkin.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.