Bakuda yomg’ir, tirbandliklar va suv ichida qolgan avtomobillar
“Baku va Absharonga yog’adigan yomg’irlar natijasida ba’zi uylarni suv bosdi, tunellarda esa avtomobillar suv ichida qolib ketdi”, -ketdi deb xabar bermoqda BBC xizmati.
Favqulodda holatlar vazirligi xabar berishicha, suv ostida qolgan joylarda yordamga muhtoj bo’lganlar evakuatsiya qilingan.
Vazirlik suv bosgan joylar va yo’llarni tozalash ishlari olib borilayotganini ta’kidlagan.
Saharda poytaxt yo’llarida jiddiy avtomobil tirbandligi kuzatilgan, politsiya buni ob-havo sharoitlari bilan bog’lagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tirbandlikda va suvda qolgan odamlar, COP29 tadbiri davomida vaziyat yanada og’irlashishi mumkinligi haqida norozilik bildirgan.
Ular bu muammolarni poytaxt yo’llarida normal kanalizatsiya tizimining yo’qligi bilan izohlagan.
Sharhlar