O‘zbekistonda tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanmoqda
10-martdan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanmoqda. Ushbu taqiq O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 627-sonli Qonuniga asosan joriy qilinmoqda.
Baliqlarning urug‘ qo‘yish mavsumi davomida Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarida 10-martdan 31-mayga qadar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati suv havzalarida 25-apreldan 10-iyunga qadar va boshqa barcha suv havzalarida 16-apreldan 31-mayga qadar baliq ovlash mumkin emas.
Shuningdek, taqiq davrida brakonerlarga qarshi kurash kuchaytiriladi. Noqonuniy baliq ovlaganlarga esa keskin chora ko‘riladi.
Ulashish:
Sharhlar