Surxondaryoda noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga qariyb 1,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Tadbir davomida “Tamaddun” mahallasida yashovchi fuqarolar Q. Sh., I. Sh., X. B. va Gʻ. Sh. tomonidan Surxondaryoning Shoʻrchi tumani “Tamaddun” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi qismida noqonuniy baliq ovlanganligi ma’lum bo‘ldi. Huquqbuzarlar tomonidan 182 bosh kumush tovon baligʻi (karas), 37 bosh orol moy baligʻi, 2 bosh samarqand xramulyasi (tupak) baliqlari taqiqlangan usul — elektr qarmoq bilan ovlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunining 24-moddasi talabini buzgan holda hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar hisob-kitob qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 80-son qarori 4-ilovasi asosida hisoblanganda 1 milliard 439 million 900 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqiy baho berish va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar sumalarini undirish maqsadida barcha toʻplangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Sharhlar