O‘zbekistonda elektr bilan baliq ovlash ustidan nazorat o‘rnatiladi

Фото: ЎзА

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda so‘nggi vaqtlarda daryolar, tabiiy suv havzalarida elektr bilan baliq ovlash ko‘payib ketayotganiga e’tibor qaratildi. Bu yilning o‘zida 39 ta holatda elektr bilan, 436 ta to‘r bilan noqonuniy baliq ovlash aniqlangan.

Mutasaddilarga bu borada ta’sirchan nazorat o‘rnatib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi. Brakonerlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilindi.

Avvalroq 10 martdan boshlab baliqlarning urug‘ qo‘yish mavsumi davomida respublikaning barcha hududlaridagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlangani xabar berilgan edi. Shuningdek, taqiq davrida brakonerlarga qarshi kurash kuchaytiriladi. Noqonuniy baliq ovlaganlarga esa keskin chora ko‘riladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.