Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi

Andijon viloyati Baliqchi tumani hokimligi zahirasida bo‘lgan 3,75 gektar yer maydonining 1,75 gektarini “E-auksion” orqali arzon narxda olib berish, qolgan 2 gektarini esa 2019-yildagi sana bilan tuman hokimining qarorini tayyorlab, xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida tuman Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi va tibbiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJ xodimi dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, ular ushbu masalani tuman hokimining o‘rinbosari orqali hal etishlari aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va mazkur mansabdor shaxs 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida qo’lga olindi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman hokimi o‘rinbosari va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.