Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik yigit ta’mirlash ishlari chog‘ida 3-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi

Foto: 78.ru

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkak turar joyning uchinchi qavatidan tushib ketdi, deb xabar bermoqda “78.ru”. U xonadonlardan birining balkoni ta’mirlayotgan edi.

Hodisa 23-sentabr, dushanba kuni Pogranichnaya ko‘chasidagi 15-uyda yuz bergan. Uy egasi o‘zbekistonlik yigitni yordam berish uchun bir necha marta taklif qilgan. Balkonda ishlash chog‘ida 26 yoshli yigit muvozanatni yo‘qotib, pastga tushib ketgan va halok bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.