Bandlik sohasida o‘zgarish: Yana tahlillash, ro‘yaxt qilish va samarasiz harakatmi

“Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida quyidagilar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:

  • mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish;
  • aholi bandligini ta’minlash dasturlarini shakllantirish, bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga:
  • kambag‘allikni qisqartirish;
  • hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Shuningdek, yana bir o‘zgarish mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi.

2025-yil 1-dekabrgacha:

  • 50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50–100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bog‘ va uzumzorlar tashkil etiladi;
  • ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.