Bankdan 385.mln. so‘mdan ziyod qarzi bor fuqaroning avtomobili jarima maydoniga joylashtirildi
Tungi reyd tadbiri jarayonida fuqaroning Bankdan 385.384.251 so‘m miqdoridagi qarzi bo’lganligi sababli transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.
FIB Marg‘ilon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor M.D.dan undiruvchi “ASAKABANK” foydasiga jami 385.384.251 so‘m qarz undirish haqidagi ijro ishi Byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng qarzdorga qarz summalarini ixtiyoriy qoplashi uchun qonun talabi asosida muddat berilgan.
Biroq, qarzdorga bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qonun talabi asosida berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdor katta miqdordagi qarz summalarini undiruvchi foydasiga qoplab bermaganidan so‘ng, Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Jumladan, qarzdorga tegishli bo‘lgan “BYD SONG PLUS ” rusumli transport vositasiga band solinib, qidiruv e’lon qilingan.
Qidiruvdagi mazkur transport vositasi ayni kunlarda Byuroning Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimdlari tomonidan o‘tkazilayotgan tunggi reyd tadbirlari davomida Farg‘ona shahar ko‘chalarida harakatlanayotgan paytida ushlanib, keyingi ijro harakatlarini olib borish uchun jarima maydoniga joylashtirildi.
Sharhlar